INFUZION VA TRANSFUZION TERAPIYA
Keywords:
Kalit so‘zlar: Infuzion terapiya, transfuzion terapiya, qon quyish, gemodinamik barqarorlik, elektrolit muvozanati, dehidratatsiya, eritrotsit massa, plazma, intensiv terapiya, reanimatsiya.Abstract
Infuzion va transfuzion terapiya zamonaviy tibbiyot amaliyotida bemor organizmining suyuqlik-elektrolit muvozanatini tiklash, qon hajmini to‘ldirish, gemodinamik holatni barqarorlashtirish hamda hayotiy muhim funksiyalarni qo‘llab-quvvatlashda muhim o‘rin tutadi. Infuzion terapiya vena ichiga turli eritmalar (tuzli, glyukozali, kolloid va boshqalar) yuborish orqali organizmdagi suvsizlanish, intoksikatsiya va metabolik buzilishlarni bartaraf etishga qaratilgan bo‘lsa, transfuzion terapiya esa qon va uning komponentlarini (eritrotsitlar, plazma, trombotsitlar) quyish orqali og‘ir anemiya, qon yo‘qotish va gematologik kasalliklarni davolashda qo‘llaniladi. Mazkur terapiya turlari shoshilinch tibbiy yordam, jarrohlik amaliyotlari hamda intensiv terapiya sharoitida keng qo‘llaniladi.