TARIX FANINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH

Authors

  • Xudayberdiyeva Sayoraxon Shavkatovna Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: tarix ta’limi, interfaol metodlar, innovatsion texnologiyalar, tarixiy tafakkur, pedagogik texnologiyalar, ta’lim sifati, o‘quv faoliyati.

Abstract

Annotatsiya:Mazkur maqolada tarix fanini o‘qitishda zamonaviy interfaol metodlardan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Ta’lim jarayonida interfaol metodlarning qo‘llanilishi o‘quvchilarning tarixiy tafakkurini rivojlantirish, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, tarixiy voqealarni tahlil qilish va baholash qobiliyatlarini oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Baliq skeleti”, “Keys-stadi”, “Debat”, “Insert” kabi metodlarning tarix darslaridagi samaradorligi yoritilgan.

Published

2026-06-18