“CHORVACHILIK CHIQINDILARIDAN BIOGAZ OLISH TEXNOLOGIYASINI OPTIMALLASHTIRISHDA TERMOFIL VA MEZOFIL FERMENTATSIYA REJIMLARINING QIYOSIY TAHLILI”
Keywords:
Tayanch so‘zlar: anaerob parchalash, biogaz, termofil rejim, mezofil rejim, bioo‘g‘it, metan unumdorligi, patogen mikroflora.Abstract
Annotatsiya. Ushbu maqolada chorvachilik chiqindilarini anaerob parchalashda mezofil (37°C) va termofil (55°C) harorat rejimlarining biogaz unumdorligi hamda bioo‘g‘it sifatiga ta’siri tadqiq etilgan. Tadqiqot obyekti sifatida qoramol, qo‘y va parranda go‘ngi aralashmalaridan foydalanildi. Termofil rejimda biogaz ajralishi mezofilga nisbatan 1,5 barobar tezlashishi va metan miqdori 72% gacha ortishi aniqlandi. Mikrobiologik tahlillar (QMAFAN) ushbu sharoitda patogen mikrofloraning 99% gacha zararsizlanishini va yuqori ozuqaviy qiymatga ega bioo‘g‘it shakllanishini tasdiqladi. Maqola yakunida chorvachilik komplekslarida biogaz ishlab chiqarishni optimallashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ilgari surilgan.
Downloads
Published
2026-06-18
Issue
Section
Articles