DISPERS SISTEMALI GIDROARALASHMALAR OQIMINING QOVUSHQOQLIGINI ANIQLASH USULLARI

Authors

  • Obutjonova Durdona Omonjon qizi Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: gidroaralashma, dispers zarrachalar, qovushqoqlik, kinematik qovushqoqlik, dinamik qovushqoqlik, viskozimetr, zichlik, ichki ishqalanish kuchi, gidrotransport, GOST 33768, laboratoriya sinovlari, oqim harakati, harorat nazorati.

Abstract

Annotasiya: Ushbu maqolada Ushbu maqolada gidroaralashmalar tarkibidagi dispers zarrachalar va mineral komponentlarning oqim harakatiga ta’siri hamda quvurlardagi ichki ishqalanish jarayonlari natijasida yuzaga keladigan qovushqoqlik xususiyatlari tahlil qilingan. Gidroaralashmaning kinematik va dinamik qovushqoqligini aniqlash usullari, ularni GOST 33768 standarti talablari asosida viskozimetr yordamida o‘lchash hamda hisoblash tartiblari keltirilgan. Shuningdek, o‘lchash jarayonida haroratni nazorat qilish, qovushqoqlik standartlari bilan solishtirish va laboratoriya natijalarining aniqligini ta’minlash masalalari yoritilgan. Tadqiqot natijalari gidrotransport tizimlarida gidroaralashmalarning oqim xususiyatlarini baholash va texnologik jarayonlarning samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.

Published

2026-06-20