MINOCA (ST SEGMENTI KOʻTARILMAGAN VA KORONAR ARTERIYALARDA OBSTRUKSIYA BOʻLMAGAN MIOKARD INFAKTI) DIAGNOSTIKASI VA DAVOLASHDAGI YANGICHA YONDASHUVLAR
Keywords:
Kalit soʻzlar: MINOCA, miokard infarkti, koronar arteriyalar, diagnostika, davolash, koronar spazm, mikrovaskulyar disfunksiya.Abstract
MINOCA (Myocardial Infarction with Non-Obstructive Coronary Arteries) — bu ST segmenti koʻtarilmagan va koronar arteriyalarda 50% dan ortiq obstruksiya boʻlmagan miokard infarkti boʻlib, barcha miokard infarkti holatlarining 5-15% ini tashkil qiladi. Ushbu maqolada MINOCA ning zamonaviy diagnostik mezonlari, etiologik omillari, differensial diagnostikasi va davolashdagi yangicha yondashuvlar tahlil qilinadi. Soʻnggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar natijalariga koʻra, MINOCA koʻp komponentli patogenezga ega boʻlib, koronar spazm, mikrovaskulyar disfunksiya, koronar arteriyalar diseksiyasi va emboliya kabi mexanizmlar muhim rol oʻynaydi. Maqolada invaziv va noinvaziv diagnostik usullar, shuningdek, individual yondashuvga asoslangan davolash strategiyalari koʻrib chiqilgan.