QON BIOKIMYOSI
Keywords:
Qon biokimyosi, biokimyoviy tahlil, glyukoza, umumiy oqsil, albumin, bilirubin, kreatinin, mochevina, ALT, AST, xolesterin, fermentlar, modda almashinuvi, laborator diagnostika, jigar faoliyati, buyrak faoliyati, klinik biokimyo suspenziyalik kolloidlik, giporoteinemiya, disproteinemiya.Abstract
Qon biokimyosi — qon tarkibidagi organik va noorganik moddalar, fermentlar, gormonlar hamda metabolizm mahsulotlarini o‘rganadigan tibbiyot va biokimyo fanining muhim yo‘nalishidir. Qonning biokimyoviy tahlili organizmdagi modda almashinuvi jarayonlarini, ichki organlar faoliyatini va turli kasalliklarning rivojlanishini baholashda muhim diagnostik usul hisoblanadi. Qon biokimyoviy tahlili yordamida jigar, buyrak, yurak-qon tomir tizimi, oshqozon osti bezi va boshqa organlarning funksional holati aniqlanadi. Bundan tashqari, uglevod, oqsil va yog‘ almashinuvining buzilishlari, vitamin va mineral moddalar yetishmovchiligi hamda yallig‘lanish jarayonlari haqida muhim ma'lumotlar olinadi. Qon biokimyosining asosiy ko‘rsatkichlariga glyukoza, umumiy oqsil, albumin, bilirubin, xolesterin, kreatinin, mochevina, ALT, AST va elektrolitlar kiradi. Glyukoza organizmning asosiy energiya manbai bo‘lib, uning miqdori qandli diabet va boshqa endokrin kasalliklarni aniqlashda muhim ahamiyatga ega