O`TKIR LEYKOZ BILAN OG‘RIGAN BOLALARDA OG‘IZ BO‘SHLIG‘I GIGIYENASINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Authors

  • Davronova Habiba Baxtiyor qizi Author
  • Afakova Ma’mura Shuxratovna Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: o‘tkir leykoz, bolalar, og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasi, mukozit, poliximioterapiya, profilaktika

Abstract

Annotatsiya. O‘tkir leykoz (O`L) bolalik davridagi onkogematologik kasalliklar orasida yetakchi o‘rinda turadi. Davolash jarayonida qo‘llaniladigan poliximioterapiya (PXT) o‘zining toksik ta’siri bilan og‘iz bo‘shlig‘ida mukozit, stomatit va kserostomiya kabi og‘ir asoratlarni keltirib chiqaradi. Ushbu tadqiqotning maqsadi leykoz bilan og‘rigan bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasining ahamiyatini baholash va profilaktik protokollarni takomillashtirishdir. Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, individual gigiyena va maxsus vositalardan foydalanish asoratlarni 40-50% ga kamaytiradi.

Published

2026-07-13