YENGIL ATLETIKADA KUCH TUSHUNCHASI VA UNING SPORT NATIJALARIDAGI O‘RNI
Keywords:
Kalit so‘zlar: yengil atletika, kuch sifati, umumiy kuch, maxsus kuch, sport natijasi, jismoniy tayyorgarlik, portlovchi kuch, chidamlilik, mashg‘ulot metodikasi.Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada yengil atletikada kuch tushunchasi, uning nazariy asoslari va amaliy jihatlari keng yoritilgan. Kuch jismoniy sifat sifatida nafaqat mushaklarning maksimal zo‘riqishini ifodalaydi, balki sportchining texnik va taktik tayyorgarligini ham belgilovchi omil hisoblanadi. Yengil atletikaning asosiy turlari – yugurish, sakrash va uloqtirish mashqlarida kuchning roli alohida ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, qisqa masofaga yugurishda portlovchi kuch, sakrashlarda oyoq mushaklarining tezkor kuchi, uloqtirishlarda esa maksimal kuch bilan bir qatorda mushaklarning muvofiqlashtirilgan harakati sport natijalarini belgilovchi hal qiluvchi mezon bo‘lib xizmat qiladi.Maqolada kuchning umumiy va maxsus ko‘rinishlari, ularni shakllantirishning zamonaviy usullari hamda turli yoshdagi sportchilarda kuch sifatini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda statistik ma’lumotlar, amaliy mashg‘ulot tajribalari va jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari asosida yengil atletikachilarning sport natijalarini kuch tayyorgarligi bilan bevosita bog‘liqligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Shuningdek, yosh sportchilar va yuqori malakali atletlarda kuch tayyorgarligi samaradorligini oshirishga doir metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.