LOGARIFMNING HAYOTDA ISHLATILISHI

Authors

  • Tilavov Fazliddin Shokir oʻgʻli Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: logarifm, pH, Richter shkalasi, desibel, iqtisodiyot, axborot texnologiyalari, ilmiy tadqiqot, foizli o‘sish.

Abstract

Annotatsiya. Logarifm tushunchasi matematikaning muhim bo‘limlaridan biri bo‘lib, uning amaliy qo‘llanilishi kundalik hayotda keng uchraydi. Xususan, kimyo fanida pH darajasini aniqlashda, akustikada tovush balandligini desibel orqali o‘lchashda, iqtisodiyotda foizli o‘sish va investitsiyalarni tahlil qilishda logarifmik funksiyalardan foydalaniladi. Bundan tashqari, geologiyada zilzila kuchini aniqlash uchun Richter shkalasi logarifmik asosda tuzilgan. Axborot texnologiyalarida esa axborot miqdori va ma’lumotlarni siqish jarayonlari logarifmlarga asoslanadi. Logarifmik hisob-kitoblar insoniyatga murakkab masalalarni soddalashtirish, jarayonlarni chuqurroq tahlil qilish hamda ko‘plab ilmiy tadqiqotlarda ishonchli natijalarga erishishda yordam beradi. Shuningdek, logarifm tushunchasi o‘quvchilarda matematik tafakkurni rivojlantirish va hayotiy jarayonlarga ilmiy yondashuvni shakllantirishda ham muhim ahamiyatga ega.

Published

2025-09-07