TRIGONOMETRIYANI BOSHQA SOHALARDA QO‘LLANILISHI
Keywords:
Kalit so‘zlar: trigonometriya, burchak, uchburchak, fizika, astronomiya, geodeziya, muhandislik, qurilish, axborot texnologiyalari, biologiya.Abstract
Annotatsiya. Trigonometriya matematikaning muhim bo‘limlaridan biri bo‘lib, uning qo‘llanilish sohasi keng va serqirra hisoblanadi. Ushbu fan asosan burchaklar va uchburchaklar orasidagi munosabatlarni o‘rganadi. Trigonometriya nafaqat sof matematika uchun, balki boshqa ko‘plab sohalarda ham beqiyos ahamiyat kasb etadi. Masalan, fizika fanida to‘lqinlar, mexanik harakatlar, yorug‘lik va akustika jarayonlarini tahlil qilishda trigonometriya asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Geodeziya va astronomiyada yulduzlarning masofasi va balandligini aniqlash, yer o‘lchash ishlarida trigonometrik usullardan keng foydalaniladi. Muhandislik va qurilishda burchaklar, balandlik, uzunliklarni hisoblashda, axborot texnologiyalarida grafik va tasvirlarni qayta ishlashda trigonometriya muhim o‘rin tutadi. Shuningdek, biologiya va tibbiyotda turli to‘lqinli signallarni o‘rganishda trigonometrik funksiyalarning ahamiyati beqiyosdir.