KOSMETOLOGIYADA BIOMODULYATSIYA: ILMIY IZLANISHLAR VA QO‘LLASH IMKONIYATLARI

Authors

  • Xaydarova Shaxrizoda Author
  • Siddiqova Amina Author
  • Sotimova Shohida Author

Keywords:

Kalit soʻzlar: kosmetologiya, antioksidant, lazer terapiyasi, mezoterapiya, ilmiy izlanishlar, hujayralar, pigmentatsiya, kollagen va elastin tolalar.

Abstract

Annotatsiya: Kosmetologiyada biomodulyatsiya so‘nggi yillarda keng e’tibor qozongan innovatsion yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Ushbu yondashuv teri va uning tag qatlamlarining funksiyalarini yaxshilash, regeneratsiya jarayonlarini rag‘batlantirish, shuningdek, terining yoshartirilishi va sog‘lom ko‘rinishini ta’minlash maqsadida qo‘llaniladi. Biomodulyatsiya tushunchasi biologik tizimlarning faoliyatini boshqarish va modulyatsiya qilishni anglatadi, bu orqali hujayra darajasida o‘zgarishlar yuzaga keladi. Kosmetologiyada bu usul terining tabiiy yangilanish jarayonlarini rag‘batlantirish, shikastlangan hujayralarni tiklash va yallig‘lanishni kamaytirishga qaratilgan.

Published

2025-09-09