O`ZBEK TILINING ZID MA`NOLI SO`ZLAR O`QUV IZOHLI LUG`ATINI TUZISHNING LINGVISTIK ASOSLARI
Abstract
O`tgan asr so`nggida bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotning jadal sur`atlar bilan rivojlanishi, zamonaviy axborot texnologiyalarining ommalashuvi, ilmiy tadqiqotlarning iqtisodiy samaradorligini oshirish dolzarblashib, tilshunoslik ham amaliy vazifalariga –nutq samaradorligi tadqiqiga e`tiborni kuchaytirdi. Natijada fanda sotsiolingvistika, etnosotsiolingvistika, lingvopragmatika, pragmalingvistika, pragmatika, psixolingvistika kabi nomlar bilan yuritiluvchi yangi tarmoqlari shakllandi. Bu yo`nalishlarni o`zida mujassamlashtirgan yangi davr tilshunosligi nutqqa insoniy faoliyat-fikr almashtirish va o`zgalarga ta`sir ko`rsatish, bunyod qilishning asosiy turlaridan biri sifatida yondashib, uning ixchamligi, samaradorligi va ta`sirchanligi, mantiqiyligi tadqiqini birinchi o`ringa qo`yadi. Xususan, bugungi kunda jahon tilshunosligida nutqning faoliyat sifatidagi qiymati hamda uning implikaturalari bo`lgan ko`chma va tag ma`nolari ochiq ifodalanmagan, lekin ifodalanishi so`zlovchining maqsadi bo`lgan ma`lumot-axborotni aniqlash usullari ishlab chiqildi va u tezda ommalashib ulgurdi.