CHAQALOQLARDA ANEMIYA: SABABLARI, OLDINI OLISH VA DAVOLASH USULLARI
Keywords:
anemiya, chaqaloq, gemoglobin, temir tanqisligi, profilaktika, davolash, diagnostika, ona suti.Abstract
Anemiya – bu organizmda gemoglobin miqdorining pasayishi yoki eritrotsitlar sonining kamayishi bilan xarakterlanadigan patologik holatdir. Pediatriya amaliyotida chaqaloqlarda anemiya keng tarqalgan muammolardan biri bo‘lib, uning sabablari ko‘p qirrali va murakkabdir. Ushbu maqolada chaqaloqlarda anemiya kelib chiqishining asosiy sabablari, klinik belgilari, diagnostika usullari, profilaktika choralarining samaradorligi hamda davolashning zamonaviy yondashuvlari yoritib berilgan. Ayniqsa, temir tanqisligi anemiyasi, tug‘ma va irsiy omillar ta’siri, onaning homiladorlik davridagi salomatlik holati, chaqaloqning ovqatlanishi va atrof-muhit omillarining roli ilmiy jihatdan tahlil qilindi. Maqolada, shuningdek, chaqaloqlarda anemiyani oldini olishda ona suti bilan oziqlantirish, qo‘shimcha ovqatlarni to‘g‘ri tashkil etish, profilaktik tekshiruvlarning ahamiyati va davolashda zamonaviy dori vositalaridan foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.