SUYAKLAR TIZIMI
Keywords:
Osteotsit,osteoklast,ossein,yassi,naysimon,govak,osteoblast.Abstract
Suyaklar - odam va umurtqali hayvonlar skeletining asosiy qismi. Suyak toʻqimasi biriktiruvchi toʻqimaning bir xili. Suyak hujayralar (osteotsitlar, osteoklastlar) va hujayralar oraligʻi mineral moddalardan tashkil topgan. Osteotsitlar hujayralar oraligʻi moddasi bilan oʻralgan; oʻsimtalar yordamida oʻzaro tutashgan; suyak toʻqimasida moddalar (oqsil, suv, ion) almashinuvini, osteoblastlar esa suyaklar hosil boʻlishini, ularning soʻrilish (rezorbsiya) jarayonini taʼminlaydi. Osteoblastlar va osteoklastlarning birga taʼsiri suyak ning oʻsishi va funksional zoʻriqishi oʻzgarishining asosini tashkil etadi. Hujayralararo modda kollagen (ossein) tolalar va asosiy moddadan iborat, bu moddalar suyakning pishiq va mustahkam boʻlishini taʼminlaydi. Suyak toʻqimasi kollageni oʻziga xos polipeptidlarning koʻpligi bilan togʻaydan farq qiladi. Asosiy modda glikoproteidlar va proteoglikanlardan tashkil topgan. Mineral komponenta apatit, sulfat va kalsiy karbonat kristallaridan iborat. Suyak embrional rivojlanish davrida biriktiruvchi toʻqima-mezenximadan hosil boʻladi. Birlamchi suyak ichki togʻay skeletning suyaklanishidan (yelka, son va boshqalar), ikkilamchi suyak teri osti tangachalaridan (peshona, tepa va boshqa suyaklar) vujudga keladi.