BMTNING MARKAZIY OSIYODAGI NARKOTIKLAR VA JINOYATCHILIK BO’YICHA BOSHQARMASI
Keywords:
BMT, Markaziy Osiyo, narkotiklar, jinoyatchilik, xavfsizlik, xalqaro hamkorlik,UNODC daturi,mintaqaviy loyihalar.Abstract
Ushbu ish Birlashgan Millatlar Tashkilotining Markaziy Osiyodagi Narkotiklar va Jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi faoliyatini yoritishga bag‘ishlangan. Unda tashkilotning mintaqada giyohvandlikka qarshi kurash, transmilliy jinoyatchilikni oldini olish, chegaralar xavfsizligini ta’minlash hamda davlatlar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish borasidagi asosiy maqsad va vazifalari tahlil qilinadi. Shuningdek, dastur va loyihalar doirasida amalga oshirilgan amaliy ishlar, mintaqaviy xavfsizlikka qo‘shgan hissasi hamda kelgusidagi istiqbollar haqida ma’lumot beriladi.