TIJORAT BANKLARINING TADBIRKORLIKNI MOLIYAVIY QO‘LLAB-QUVVATLASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash; kichik biznes va xususiy tadbirkorlik (KAXB/SME); moliyalashtirish bo‘shliqlari; kredit kafolatlari; subsidiyalar; raqamli kreditlash; ochiq bank tizimi; kredit axborot infratuzilmasi; risk-asosli nazorat; ta’minotsiz kredit; faktoring; ta’minot zanjiri moliyasi; islomiy moliya; yashil kreditlar; KPI(Key Performance Indicator) va monitoring.Abstract
Maqolada tijorat banklarining tadbirkorlik sub’ektlarini (SME - Small and Medium-sized Enterprises) moliyaviy qo‘llab-quvvatlashdagi hozirgi holati, tizimli muammolar va ularni hal etish yo‘llari tahlil qilinadi. O‘zbekiston tajribasi xalqaro yondashuvlar bilan qiyoslanadi: kafolat fondlari, kredit subsidiyalari, raqamli skoring va ochiq bank texnologiyalari, shuningdek kapital bozori vositalarining (SME obligatsiyalari, faktoring, crowd-investing) integratsiyasi bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi. Takliflar bank ichki risk boshqaruvi (IFRS(International Financial Reporting Standards) 9 kontekstida PD- Probability of Default / LGD- Loss Given Default / EL- Expected Loss), kredit axboroti, M&E(Monitoring and Evaluation) va davlat-xususiy hamkorlik mexanizmlarini uyg‘unlashtirishga tayanadi. Xulosa bo‘limida aniq “yo‘l xaritasi” keltirilgan.