YOMG’IR SUVI IQTISODI: QURG’OQCHIL HUDUDLARDA AN’ANAVIY VA ZAMONAVIY USULLAR
Keywords:
sardoba, individual yondashuv, infratuzilmalar, filtratsiya, avtomatik monitoring, qurg‘oqchil, kanoplar, rel’yef, sensornli monitoring, suv sig‘imli tanklar.Abstract
Ushbu maqolada yomg‘ir suvini yig‘ish, saqlash va undan samarali foydalanish masalalari chuqur tahlil etilgan. Ayniqsa, global iqlim o‘zgarishi, suv resurslarining kamayishi va qurg‘oqchilikning ortib borayotgan sharoitida bu mavzu dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Qurg‘oqchil hududlarda yashovchi aholi uchun yomg‘ir suvi hayot manbai sifatida katta rol o‘ynaydi. Shu bois, maqolada suv iqtisodini ta’minlashda qo‘llaniladigan an’anaviy va zamonaviy usullar o‘rtasidagi o‘xshashliklar, farqlar, afzalliklar va kamchiliklar keng yoritilgan. Avvalo, an’anaviy usullar sifatida qadimdan foydalanib kelinayotgan yer osti suv omborlari (qanotlar, sardobalar), tabiiy relefdan foydalangan holda suvni yo‘naltirish tizimlari, quduq va hovuzlar kabi infratuzilmalarning ishlash mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Ushbu usullar ekologik va iqtisodiy jihatdan arzon, mahalliy sharoitga mos bo‘lishi bilan ahamiyatlidir. Shuningdek, bu usullar ming yillik tajribalarga tayangan holda shakllangan va zamonaviy davrda ham muhimligini yo‘qotmagan. Keyingi boblarda esa zamonaviy texnologiyalar – yomg‘ir suvini filtrlash va tozalash tizimlari, sun’iy suv omborlari, tomchilatib sug‘orish, “aqlli” suv monitoringi tizimlari, suvni qayta ishlash texnologiyalari – batafsil tahlil qilinadi. Ushbu texnologiyalar yordamida yomg‘ir suvi samarali yig‘iladi, sifatli holatda saqlanadi va iqtisodiy jihatdan tejamkor tarzda ishlatiladi. Shu bilan birga, bu tizimlar qurg‘oqchil hududlarda dehqonchilik va chorvachilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi, aholining ichimlik suvi ta’minotini yaxshilaydi. Maqolada, shuningdek, an’anaviy va zamonaviy yondashuvlarni integratsiyalash zarurati haqida ham fikr yuritilgan. Ya’ni, mahalliy sharoitga mos, qadimiy tajribalarga tayangan holda, zamonaviy texnologiyalarni tatbiq qilish orqali barqaror va samarali suv boshqaruvi tizimini yaratish mumkinligi asoslab beriladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, har bir hududning geologik, iqlimiy va iqtisodiy sharoitlariga qarab individual yondashuvni tanlash, resurslardan oqilona foydalanish va mahalliy hamjamiyatni bu jarayonga jalb etish eng muhim omillar sifatida e’tirof etiladi. Maqola yakunida qurg‘oqchil mintaqalarda suv tanqisligini kamaytirish, aholi turmush darajasini oshirish va ekologik muvozanatni saqlash bo‘yicha tavsiyalar ilgari surilgan.