YASHIL TEXNOLOGIYALAR VA “YASHIL IQTISODIYOT”

Authors

  • Murodova Xilola Umarqulovna Author
  • Ilhomova Ra’no Anvar qizi Author

Keywords:

Yashil texnologiyalar, yashil iqtisodiyot, konsepsiya, barqaror rivojlanish, resurs tanqisligi, gidroenergetika, “Energiewende”, infratuzilma, bioyoqilg‘i, strategiya, innovatsion.

Abstract

So‘nggi o‘n yilliklarda insoniyat oldida iqlim o‘zgarishi, tabiiy muammolar tobora keskinlashmoqda. Ushbu jarayonlar mavjud iqtisodiy modelni qayta ko‘rib chiqish zaruriyatini keltirib chiqardi. Shu sharoitda yashil iqtisodiyot konsepsiyasi va uni hayotga tadbiq etuvchi yashil texnologiyalar dolzarb yo‘nalish sifatida maydonga chiqdi. Yashil iqtisodiyotning asosiy maqsadi — iqtisodiy o‘sishni barqaror rivojlanish tamoyillari asosida tashkil etish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan ishlab chiqarishni rivojlantirish va ijtimoiy farovonlikni oshirishdan iborat. Yashil texnologiyalar esa mazkur iqtisodiy modelning amaliy mexanizmi bo‘lib, ular qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish, chiqindilarni kamaytirish va qayta ishlash, suvni tejash va tozalash tizimlari, energiya samarador qurilish materiallari, ekologik toza transport va aqlli boshqaruv tizimlarini o‘z ichiga oladi. Mazkur texnologiyalar yordamida resurslardan samarali foydalanish, importga qaramlikni kamaytirish, iqtisodiy raqobatbardoshlikni oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyati yuzaga keladi. Maqolada yashil iqtisodiyot va yashil texnologiyalarning nazariy asoslari, ularning iqtisodiy va ekologik samaradorligi, xalqaro hamda milliy tajribalar, O‘zbekiston uchun istiqbolli yo‘nalishlar tahlil qilinadi. Xususan, rivojlangan davlatlarning ilg‘or tajribasi, xalqaro tashkilotlarning tavsiyalari, shuningdek, mamlakatimizda energiya samaradorligini oshirish, qayta tiklanuvchi manbalarni rivojlantirish va chiqindilarni boshqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yoritiladi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayoni nafaqat ekologik muammolarni yumshatadi, balki iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlaydi, innovatsion rivojlanishni rag‘batlantiradi va jamiyatning farovonligini oshirishga xizmat qiladi. Shu bois yashil texnologiyalarni rivojlantirish va yashil iqtisodiyot konsepsiyasini amaliyotga joriy etish.

Author Biographies

  • Murodova Xilola Umarqulovna

    “Buxoro davlat texnika universiteti”

    Sanoat ekologiyasi va gidrologiya  stajyor o‘qituvchisi

    khilolamurodova08@gmail.com

  • Ilhomova Ra’no Anvar qizi

    r67766784@gmail.com

    “Buxoro davlat texnika universiteti”

    “Sanoat ekologiyasi va gidrologiya” kafedrasi

    3- kurs  talabasi

Published

2025-10-05