“MUSIQA – INSONPARVARLIK, MA’NAVIY VA VATANPARVARLIK TUYG‘ULARI MANBAI”
Keywords:
Musiqa, San’at, Insonparvarlik, Ma’naviyat, Vatanparvarlik, Axloqiy tarbiya, Milliy ruh, Musiqiy madaniyat, Musiqa ta’limi, Maxsus maktab-internat, Cholg‘u asboblari, O‘quvchilar kamoloti, Ibn Sino, Ruhiy ta’sir, Tashabbuskorlik, Milliy qadriyatlar, Estetik tarbiya, Prezident e’tibori.Abstract
Maqolada musiqaning san’at turi sifatida inson ruhiyatiga ko‘rsatadigan ta’siri, uning ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayonidagi o‘rni va ahamiyati keng yoritiladi. Musiqa yosh avlodni insonparvarlik, milliy ruh, vatanparvarlik va tashabbuskorlik tuyg‘ulariga yo‘naltiruvchi kuchli omil sifatida namoyon bo‘ladi. Ayniqsa, alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bolalar tarbiyasida musiqaning ijobiy ta’siri alohida o‘rin tutadi. Jizzax viloyati 32-sonli maxsus maktab-internati misolida, davlatimiz rahbarining e’tibori va musiqiy cholg‘u asboblari taqdimoti tufayli bolalar musiqiy bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish, qo‘l motorikasini rivojlantirish, musiqaga mehr uyg‘otish imkoniyatiga ega bo‘lganliklari ta’kidlanadi. Ibn Sino asarlarida musiqaning ruhiy salomatlikni tiklashdagi ahamiyati qayd etilgani, mustaqil O‘zbekiston sharoitida esa musiqaning yoshlar tarbiyasida asosiy vosita sifatida qaralayotgani ko‘rsatib o‘tiladi. Maqola musiqaning nafaqat estetik, balki ijtimoiy ahamiyatga ham egaligini asoslab beradi. Musiqa insonni ruhiy tetiklikka, jamiyat esa ma’naviy yuksalishga eltuvchi vosita ekanligi ilmiy va amaliy misollar asosida ko‘rsatib beriladi. Shu bois maqola ta’lim, tarbiya, san’atshunoslik va pedagogika sohalarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.