“O‘TGAN KUNLAR” ROMANINING MA’NAVIY-MA’RIFIY AHAMIYATI

Authors

  • Abdiyeva Sarvinoz Shoyimovna Author

Keywords:

Abdulla Qodiriy; “O‘tkan kunlar”, ma’naviyat, ma’rifat, jadidchilik, milliy uyg‘onish, axloqiy qadriyatlar, ijtimoiy tanqid, ayol obrazi, tarbiya, madaniy xotira.

Abstract

Ushbu maqolada Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani ma’naviy-ma’rifiy jihatdan tahlil qilinadi. Asarda ilgari surilgan qadriyatlar: halollik, vijdon, mas’uliyat, mehr-muhabbat, ijtimoiy adolat, ayol sha’ni va erkinligi kabi tamoyillar tarixiy voqealar fonida badiiy ifodasini topgani ko‘rsatiladi. Tadqiqot romanning milliy uyg‘onish va jadidchilik g‘oyalari bilan uzviy bog‘liqligini, urf-odat, jaholat va ijtimoiy turg‘unlikni tanqid qilish mexanizmlarini ochib beradi. Shuningdek, Otabek va Kumush obrazlari orqali “yangi” axloqiy idealning shakllanishi, to‘y-marosimlar va mahalliychilik illatlari misolida ijtimoiy ongni yangilash zarurati izohlanadi. Metod sifatida tarixiy-poetik yondashuv, kontent tahlil va hermenevtik talqin qo‘llanib, romanning bugungi ta’lim-tarbiya jarayonida axloqiy tarbiya, fuqarolik mas’uliyati va madaniy xotirani mustahkamlashdagi amaliy ahamiyati yoritiladi. Xulosa tariqasida, “O‘tkan kunlar” nafaqat o‘zbek romanchiligining boshlanish nuqtasi, balki ma’naviy qadriyatlarni yangicha idrok etishga undaydigan, jamiyatni yangilash chaqirig‘ini badiiy shaklda taqdim etgan manba sifatida baholanadi.

Published

2025-09-05