TILSHUNOSLIK DARSLARIDA SUN’IY INTELLEKT VA RAQAMLI RESURSLARDAN FOYDALANISH
Keywords:
sun’iy intellekt, raqamli pedagogika, tilshunoslik darslari, avtomatik yozma baholash, suhbat-botlar, etika.Abstract
Maqolada tilshunoslik (ona tili va chet tili) darslarida sun’iy intellekt (SI) va raqamli resurslarni nazariy-uslubiy jihatdan integratsiyalash imkoniyatlari, ularning pedagogik affordanslari, cheklovlari va etika-huquqiy masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqot nazariy tahlil va soha bo‘yicha mavjud adabiyotlarni sintez qilish (narrative review) usuli orqali olib borildi. Maqola AI-ning o‘quv jarayonini individuallashtirish, avtomatik teskari aloqa va baholash, suhbat-botlar orqali kommunikativ mashqlar, korpuslar va multimediya vositalari yordamida o‘quv materiallarini boyitish kabi imkoniyatlarini, shuningdek texnik, pedagogik va axloqiy xavflarni ko‘rib chiqadi. Tadqiqot xulosalari o‘qituvchining pedagogik nazorati ostida AI vositalarini “qo‘llab-quvvatlovchi” (augmentative) tarzda kiritish zarurligini ta’kidlaydi.