LOYIHALAR SIFATINI BOSHQARISHDA STANDARTLARNING QO‘LLANISH XUSUSIYATLARI
Keywords:
loyiha boshqaruvi, sifat menejmenti, ISO 9001, Agile, PMBOK, PRINCE2, gibrid metodologiyalar, O‘zbekiston, standartlashtirish, sifatni baholash, loyiha samaradorligiAbstract
Ushbu maqolada loyihalar sifatini boshqarishda xalqaro va milliy standartlarning qo‘llanish xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi – ISO 9001, Agile, PMBOK, PRINCE2 kabi keng tarqalgan sifat va loyiha boshqaruvi standartlarining samaradorligini o‘rganish, ularning O‘zbekiston sharoitida qanday moslashtirilishi va tatbiq qilinayotganini baholashdan iborat. Statistik ma’lumotlar, xalqaro tadqiqotlar va real amaliy tajriba asosida loyiha menejmenti metodologiyalarining (Agile va gibrid yondashuvlar) yillik dinamikasi tahlil qilindi. 2020–2024-yillar oralig‘idagi mavjud raqamlar asosida sifat menejmentining natijalarga ta’siri ko‘rsatildi. Shuningdek, O‘zbekistonda sifatni boshqarish tizimlarining milliy kontekstda tatbiqi bo‘yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqildi. Maqola yakunida kelgusidagi ilmiy tadqiqotlar uchun istiqbolli yo‘nalishlar belgilab berilgan.