TIJORAT BANKLARI FAOLIYATIDA TRANSFORMATSIYA JARAYONLARI VA UNI SAMARADORLIGINI OSHIRISH (“KAPITALBANK” ATB MISOLIDA)
Keywords:
Tijorat banklari, transformatsiya jarayonlari, samaradorlik, raqamli texnologiyalar, innovatsion yechimlar, “Kapitalbank” ATB, bank menejmenti, raqobatbardoshlik.Abstract
Ushbu maqolada tijorat banklari faoliyatida transformatsiya jarayonlari va ularning samaradorligini oshirish masalalari yoritilgan. O‘zbekistondagi “Kapitalbank” ATB misolida bank tizimida raqamli texnologiyalarni joriy etish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, boshqaruv jarayonlarini optimallashtirish hamda innovatsion yechimlardan foydalanishning amaliy jihatlari tahlil qilingan. Shuningdek, bank faoliyatida transformatsiya strategiyalarining samarali tashkil etilishi, raqobatbardoshlikni ta’minlash va iqtisodiy samaradorlikni oshirishdagi o‘rni ochib berilgan. Tadqiqot natijalari transformatsiya jarayonlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun kompleks yondashuv, zamonaviy texnologiyalarni integratsiya qilish va inson kapitalini rivojlantirish muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.