TAQIQLANGAN BUYUMLARNI ANIQLOVCHI VOSITALARNING AFZALLIKLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: taqiqlangan buyumlar, xavfsizlik tizimi, aniqlash vositalari, texnologiya, afzalliklar, himoya, xavf-xatar.Abstract
Annotatsiya. Taqiqlangan buyumlarni aniqlovchi vositalar bugungi kunda xavfsizlik tizimining eng muhim tarkibiy qismi sifatida e’tirof etilmoqda. Ushbu vositalar aeroportlar, chegaralar, davlat muassasalari va yirik tadbirlar xavfsizligini ta’minlashda samarali qo‘llaniladi. Ularning asosiy afzalligi shundaki, inson omiliga bog‘liq xatoliklarni kamaytiradi va aniqlash jarayonida yuqori darajadagi aniqlikni kafolatlaydi. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalar asosida yaratilgan vositalar portlovchi moddalar, o‘tkir qurollar, narkotiklar kabi xavfli buyumlarni qisqa vaqt ichida aniqlab, tezkor choralar ko‘rishga imkon yaratadi. Bu esa xavfsizlik xizmatlari ishini yengillashtiradi, odamlar hayoti va mulkini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotlar ko‘rsatadiki, bunday vositalardan foydalanish xavfsizlik darajasini sezilarli ravishda oshiradi hamda xavf-xatarlarni oldindan aniqlash va bartaraf etishda muhim o‘rin tutadi.
References
1. Axmedov, A. Xavfsizlik tizimida zamonaviy texnologiyalarning qo‘llanilishi. Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi nashriyoti. 2020. C- 234, 238.
2. Qodirov, M. Transport xavfsizligi va taqiqlangan buyumlarni aniqlash usullari. Samarqand: SamDU nashriyoti. 2021. 456-b
3. Rasulov, B. Metall detektorlari va rentgen apparatlari qo‘llanilishi. Toshkent: Fan va texnologiya. 2021
4. Karimova, D. Sun’iy intellekt asosida xavfsizlikni ta’minlashning innovatsion yo‘llari. Toshkent: Innovatsiya universiteti matbaa markazi. 2022. C 675