ALEKSANDR ARKADEVICH FAYNBERGNING “TONG ASLO OTMA.YOMG’IR YOG’DI MO’L…” SHE’RI TAHLILI

Authors

  • Nurmaxmatova Firuza Rasulovna Author

Keywords:

she’riyat, inson ruhiyati, yolgʻizlik, ichki iztirob, umid, tabiat obrazlari, shamol va yomg‘ir, hayot falsafasi, jamiyat va beparvolik, iroda va sabr, ramziy ma’no, qadr anglash, ruhiy kechinmalar, badiiy tafakkur.

Abstract

Adabiyot tarixiga nazar solib qarar ekanmiz,inson yaralgandan buyon necha asrlar o’tti,biroq ruhiy iztirob,yolg’izlik,hayot murakkabliklari va umid masalasi har doim muhokama markazida bo’lib kelmoqda.Insonning ichki olami,uning o’zini o’rab turgan tashqi dunyo bilan munosabati nafaqat shaxsiy tajribaga,balki umumiy falsafiy masala sifatida o’rganilgan.Hayot davom etar ekan,har bir inson o’zini vaqti-vaqti bilan yolg’iz,tushkunlikka tushib qolgan,jamiyat hayotidan chetlashib qolgan kabi his qiladi.Shu paytlarda tabiat,vaqt va atrof-muhitning oddiy hodisalari inson qalbida kuchli timsolni ifodalab keladi.XX asr o’zbek adabiyotida xuddi shunday badiiy an’analar asosida ijod qilgan,bu yo’lda o’z uslubini yarata olgan chuqur badiiy tafakkur sohibi bu Aleksandr Arkadevich Faynbergdir. Faynberg she’riyatida inson yuragining nozik kechinmalari, yolg’izlik, ichki iztirob va umid o’rtasidagi ziddiyatlar markaziy mavzu sifatida namoyon bo’ladi.Uning badiiy olami tabiat va tashqi manzaralarini  inson ruhiy holati bilan hamohanglashtirgan holatda teran falsafiy mohiyatni yaratadi.

References

1. To‘xtasinov A. Lirik qahramon psixologiyasi. — Samarqand: SamDU nashriyoti, 2018.

2. Ruzikulova M. She’riyatda ruhiy kechinma va badiiy ifoda uyg‘unligi. — “Adabiyot nazariyasi jurnali”, №3, 2022.

3. https://uz.wikipedia.org/wiki/Aleksandr_Faynberg

4. Aleksandr Faynberg. – T.: Ijod nashr, 2021.

5. https://yuz.uz/uz/news/aleksandr-faynbergning-yorqin-xotirasi

6. https://arboblar.uz/uz/people/fajnberg-aleksandr-arkadevich

Published

2026-03-03

How to Cite

[1]
2026. ALEKSANDR ARKADEVICH FAYNBERGNING “TONG ASLO OTMA.YOMG’IR YOG’DI MO’L…” SHE’RI TAHLILI. Ustozlar uchun. 91, 1 (Mar. 2026), 15–22.