ALEKSANDR ARKADEVICH FAYNBERGNING “VARAQ “ SHE’RI TAHLILI
Keywords:
badiiy tafakkur, she’r falsafasi, so’z qadri, ijod mas’uliyati, ma’naviy mas’uliyat, ijod, ruh, tirikmavjudot, lirikqahramon, jon,yurak, metaforalar, taqqoslashlar, yurak va satr birligi, poetic ifoda,ruhiy kechinma,varaq obrazi, so’z va xotira, she’rning hayotiligi, ma’naviy poklik.Abstract
Aleksandr Arkadevich Faynberg(1939-2009)- o’zbek adabiyotini o’zining chuqur falsafiy mazmunga va lirizmga boy asarlari bilan boyitgan atoqli ijodkorlardan biri sanaladi.Ijodkor o’zining faoliyati davomida turli xil mavzularni ham nasrda ham nazmda qalamga oldi.U Vatan,urush va tinchlik,tabiatdan tortib qalb, ijod kuchi,so’zga ehtirom kabi mavzulardagi ta’sirli asarlarni o’quvchilarga taqdim etdi. Shoir ijodiyotida so’zga tirik mavjudot sifatida qaraydi.Har bir satr yurak urishi bilan teng,har bir satr shoir ruhining bir parchasi kabi namoyon bo’ladi.Faynberg uchun she’r yozish shunchaki u shug’ullanadigan badiiy mashg’ulot emas,ma’naviy mas’uliyat,qalb e’tirofi va vaqt bilan muloqot sanaladi.U o’z asarlarida inson ichki dunyosini chuqur yoritib beradi,tabiat manzaralari ,ramziy obrazlar orqali teranlashtiriladi.Faynberg she’riyatiga xos bo’lgan yana bir noyob jihatlardan biri bu poklik va samimiyat hisoblanadi.U o’quvchini majburlab emas,o’ziga xos she’iy ohang va sokin,muloyim fikrlar bilan o’ziga jalb qiladi.Faynberg she’riyatida kundalik hayotning arzimas detallari ham chuqur ma’no-mazmun kasb etadi.“Varaq” she’ri ham shoir qalamiga mansub,so’z va san’atga ijodkor ehtiromini ko’rsatib bera olgan ajoyib she’rdir.Ushbu maqola “Varaq” she’ri tahliliga bag’ishlanadi.
References
1.Faynberg A.A Tanlangan asarlar.- Toshkent: G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va San’at nashriyoti,1988.
2.Karimov N. Zamonaviy o’zbek adabiyoti poetikasi.- Toshkent: O’zbekiston Milliy universiteti nashriyoti,2012.
3.Jo’raeva G. O’zbek lirikasi tahlili asoslari. – Toshkent: Universiteti,2018.
4. Ruzikulova M. She’riyatda ruhiy kechinma va badiiy ifoda uyg‘unligi. — “Adabiyot nazariyasi jurnali”, №3, 2022.
5. https://uz.wikipedia.org/wiki/Aleksandr_Faynberg
6. https://yuz.uz/uz/news/aleksandr-faynbergning-yorqin-xotirasi
7.www.ziyouz.com — “Aleksandr Faynberg she’riy merosi” rukni ostidagi maqolalar to‘plami
8. Aleksandr Faynberg. – T.: Ijod nashr, 2021.