BOSHLANG’ICH TA’LIMDA O’QUVCHILARNING DIQQATINI JAMLASH VA BOSHQARISHNING PSIXOLOGIK OMILLARI.

Authors

  • YUSUPOVA MARJONA TOSHTEMIR QIZI Author
  • NOMOZOVA MUQADDAS FURQAT QIZI Author
  • BAHRIDDINOVA AZIZA BEHZOD QIZI Author

Keywords:

KALIT SO’ZLAR :Diqqat,Muloqot madaniyati ,Diqqatning fizilologik asoslari, Diqqatni tarbiyalash, Kognitiv faoliyat, Diqqatning konsentratsiyasi Konstruktiv o’qitish

Abstract

ANNOTATSIYA : Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘quvchilarning diqqatini jamlash va uni boshqarishning psixologik omillari keng qamrovda o‘rganilgan. Boshlang‘ich yoshidagi bolalarda diqqat jarayonlari hali to‘liq shakllanmagan bo‘lgani uchun, ularning o‘qish faoliyati ko‘pincha tashqi ta’sirlarga tez berilishi, chalg‘uvchanlik, qisqa muddatli e’tibor kabi xususiyatlar bilan ajralib turadi. Shu sababli mazkur tadqiqotda diqqatning tabiati, uning shakllanish bosqichlari, ichki va tashqi omillar ta’siri ilmiy asosda tahlil qilingan. Ishda o‘quvchilarning diqqatini boshqarishda motivatsiya, qiziqish, emotsional barqarorlik, o‘qituvchining nutq madaniyati va pedagogik muloqot uslubi kabi ruhiy omillarning ahamiyati yoritib beriladi.

Published

2025-12-13