ADAPTIV SUN`IY INTELLEKT TIZIMLARINIG TIL O’RGANISH NAZARIYASI VA AMALIYOTIGA INTEGRATSIYASI

Authors

  • Abdullayeva E’zoza Olim qizi, Author
  • Burxonova E`zoza Odil qizi, Author
  • Nazarova Malohat Toxirovna Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: sun’iy intellekt (AI), adaptiv o‘qitish, til o‘rganish nazariyasi, konstruktivizm, kognitiv yuk, shaxsiylashtirilgan ta’lim.

Abstract

         Annotatsiya. Ushbu maqolada zamonaviy til o‘rganish kontekstida sun’iy intellekt (AI) asosida adaptiv o‘qitish tizimlarining o‘rni va ahamiyati haqida so`z boradi.  Maqola AI ning til o`rganish jarayoniga integratsiyasini konstruktivizm, kognitiv yuk va o’z-o‘zini tartibga solish nazariyalari asosida tahlil qiladi.. Asosiy e’tibor AI vositalarining shaxsiylashtirilgan o‘qitish muhitini yaratishdagi ahamiyati, bu jarayonning o‘quvchi motivatsiyasi, kognitiv jarayonlari va mustaqil o‘rganish ko‘nikmalari kabi tushunchalarga qaratiladi. Tizimli tahlil natijasida AI asosidagi yondashuv an’anaviy metodlarni to‘ldiruvchi, o‘rganish samaradorligini oshiruvchi va ta’lim jarayonini modernizatsiya qiluvchi potentsialga ega degan fikr anglashilishi mumkin. Biroq, bu texnologik transformatsiya pedagogik dizayn, o‘qituvchining roli va etik jihatlardan kelib chiqadigan yangi muammolarni ham yuzaga keltirish ehtimoli ham mavjud. Maqolada AI va inson o‘qituvchisining kuchli tomonlarini uyg‘unlashtirgan zamonaviy namuna taklif etilib, kelajakdagj tadqiqot yo‘nalishlari belgilab o’tiladi.

Published

2025-12-13