NUR XASTALIGI: O‘TKIR VA SURUNKALI NUR XASTALIGINING KLINIK VA BIOFIZIK ASOSLARI

Authors

  • Sirojiddinova Nargizaxon Qudrat qizi Author
  • Mo’minova Gulmira Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: ionlashtiruvchi nurlanish, nur xastaligi, o‘tkir nur xastaligi, surunkali nur xastaligi, radiobiologiya, DNK shikastlanishi.

Abstract

Mazkur ilmiy maqolada ionlashtiruvchi nurlanish ta’siri natijasida rivojlanadigan nur xastaligining (radiatsion kasallik) o‘tkir va surunkali shakllari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Nur xastaligi tibbiyot, biotibbiy fizika va radiobiologiya sohalarida dolzarb muammolardan biri bo‘lib, uning patogenezi hujayra va to‘qimalarda yuz beradigan fizik-kimyoviy hamda biologik o‘zgarishlar bilan chambarchas bog‘liq. Maqolada ionlashtiruvchi nurlanish turlari, ularning biologik to‘qimalarga ta’sir mexanizmlari, DNK shikastlanishi, hujayra bo‘linishining buzilishi va oksidlovchi stress jarayonlari yoritilgan. O‘tkir nur xastaligining bosqichlari, klinik belgilari va og‘irlik darajalari, shuningdek surunkali nur xastaligining rivojlanish mexanizmlari, uzoq muddatli klinik oqibatlari ilmiy manbalar asosida bayon etilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, nurlanish dozasiga va ta’sir davomiyligiga bog‘liq holda organizmda qaytar va qaytmas patologik o‘zgarishlar yuzaga keladi. Maqola tibbiyot talabalari, shifokorlar va radiatsiya xavfsizligi bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar uchun nazariy va amaliy ahamiyatga ega.

Published

2025-12-13