OʻZBEKISTONDA QISHLOQ XO‘JALIGI SAMARADORLIGI VA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI: STATISTIKA ASOSIDAGI TAHLIL

Authors

  • Shakirova Nigora Axralovna Author
  • Yusupova Mashhura Sherali qizi Author

Abstract

Annotatsiya
         Ushbu maqolada Oʻzbekistonda qishloq xo‘jaligi samaradorligi va oziq-ovqat xavfsizligi masalalari rasmiy statistik ma’lumotlar asosida keng va tizimli tahlil qilinadi. Tadqiqotda 2018–2025 yillar davomida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi, dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlarining rivojlanish dinamikasi, ekin maydonlari tuzilmasidagi o‘zgarishlar hamda asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan ichki bozorni ta’minlash darajasi o‘rganildi. Statistik tahlil natijalariga ko‘ra, so‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi barqaror o‘sish tendensiyasini namoyon etib, ayniqsa sabzavot, meva-sabzavot hamda chorvachilik mahsulotlari yetishtirishda sezilarli ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. 2025 yil ma’lumotlari ham ushbu tendensiya davom etayotganini ko‘rsatib, ichki bozorni asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash darajasi yanada mustahkamlanayotganini tasdiqlaydi. Shu bilan birga, suv resurslaridan foydalanish samaradorligining yetarli emasligi, ayrim hududlarda hosildorlik darajasining pastligi hamda ishlab chiqarish xarajatlarining yuqoriligi qishloq xo‘jaligi samaradorligini cheklab turgan muhim omillar sifatida aniqlanmoqda. Tadqiqot natijalari oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirish uchun resurslardan oqilona foydalanish, zamonaviy agrotexnologiyalarni keng joriy etish va hududlararo ishlab chiqarish tafovutlarini qisqartirish zarurligini asoslab beradi

Published

2025-12-13