“ALKIMYOGAR” ROMANIDA SANTYAGO OBRAZI VA RAMZLAR TALQINI
Keywords:
Kalit so’zlar:Santyago obrazi,ramzlar,inson va taqdir,shaxsiy tanlov,falsafiy tahlil orzu va maqsadlar., Keywords: Santiago’s character, symbols, man and destiny, personal choice, philosophical analysis, dreams and goals.Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqola braziliyalik adib Paulo Koeloning dunyoga mashhur “Alkimyogar” romanidagi Santyago obrazini ramzlar asosida o‘rganishga bag‘ishlanadi. Muallif ijodi insonning o‘zligini anglash, ma’naviy uyg‘onish va hayot ma’nosini izlash kabi falsafiy masalalar bilan yo‘g‘rilgani bilan ajralib turadi. Mazkur tadqiqotda Santyagoning sayohati nafaqat syujet rivojining markazi sifatida, balki qahramonning ichki dunyosini ochib beruvchi ma’naviy yo‘l sifatida talqin etiladi. Maqolada romanda uchraydigan ramziy obrazlar — tush, tabiat manzaralari, sahro, qushlar, shamol, belgilar va alkimyogar timsollari badiiy-falsafiy mazmun doirasida sharhlanadi. Ushbu ramzlar Santyagoning ruhiy yetilishi, qarorlar qabul qilishi va dunyoni yangicha anglash jarayonida qanday ma’no kasb etishi keng yoritiladi. Tadqiqot asarda qo‘llangan ramzlar orqali insonning hayotiy izlanishlari, o‘z maqsadini tushunishi va ichki kechinmalarini anglash jarayoni badiiy jihatdan qanday ifodalanganini ko‘rsatadi. Maqola “Alkimyogar” romanining mazmuniyqatlamlarini ochib, Santyago obrazining ma’naviy-falsafiy mohiyatini chuqur tahlil qiladi hamda Paulo Koeloning badiiy uslubini talqin etishga yordam beradi.
Abstract: This article is devoted to the study of the symbolism reflected in the character of Santiago in the world-renowned novel The Alchemist by Brazilian writer Paulo Coelho. The author’s literary style is distinguished by his exploration of philosophical themes such as self- awareness, spiritual awakening, and the search for the meaning of life. In this study, Santiago’s journey is interpreted not only as the central element of the plot but also as a spiritual path that reveals the hero’s inner world.The article analyzes the symbolic images found throughout the novel—such as dreams, natural landscapes, the desert, birds, the wind, signs, and the figure of the alchemist—within a literary-philosophical framework. These symbols are examined in terms of their role in Santiago’s spiritual growth, decision-making, and transformation of worldview. The research highlights how symbolic elementsexpress human life quests, the understanding of personal goals, and the inner emotional experiences depicted in the novel. This article reveals the deeper semantic layers of The Alchemist, provides an in-depth interpretation of Santiago’s character from a symbolic perspective, and contributes to the understanding of Paulo Coelho’s artistic vision.