EKLAMPSIYA VA UNDA SHOSHILINCH YORDAM KO‘RSATISH

Authors

  • Zulunova Shahzoda Muxtarovna Author

Keywords:

Kalit so‘zlar:Eklampsiya, preeklampsiya, homiladorlik asoratlari, shoshilinch tibbiy yordam, tutqanoq, arterial gipertenziya, magniy sulfat, akusherlik patologiyasi, ona va bola salomatligi.

Abstract

Annotatsiya: Ushbu ilmiy maqolada homiladorlik davrida uchraydigan eng og‘ir akusherlik asoratlaridan biri bo‘lgan eklampsiyaning klinik xususiyatlari, etiologiyasi, patogenezi hamda unda shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish tamoyillari yoritib berilgan. Maqolada eklampsiyaning rivojlanish mexanizmlari, asosiy klinik belgilari va mumkin bo‘lgan asoratlari ilmiy manbalar asosida tahlil qilingan. Shuningdek, tutqanoq xurujlari vaqtida ko‘rsatiladigan shoshilinch yordam algoritmlari, magniy sulfatning ahamiyati va arterial bosimni nazorat qilish usullari batafsil bayon etilgan. Eklampsiyani erta aniqlash, profilaktika choralarini kuchaytirish va tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish zarurligi asoslab berilgan. Mazkur maqola tibbiyot yo‘nalishi talabalari hamda amaliyotchi shifokorlar uchun nazariy va amaliy ahamiyatga ega.

Published

2025-12-17