OVQATLANISH FIZIOLOGIYASIDA OZIQLANISH HOLATINI BAHOLASH: AXBOROT QIYMATI VA TAHLILIY IMKONIYATLARNI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI

Authors

  • Abdurayimova Oydinoy Umidjon qizi Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: ovqatlanish fiziologiyasi, oziqlanish holati, energiya balansi, biokimyoviy ko‘rsatkichlar, nutrigenomika, metabolizm, sog‘lom ovqatlanish, antropometriya.

Abstract

Ushbu ilmiy maqolada ovqatlanish fiziologiyasi doirasida insonning oziqlanish holatini baholashda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar, ularning axborot qiymati hamda tahliliy imkoniyatlarini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Antropometrik, biokimyoviy va fiziologik ko‘rsatkichlar asosida ovqatlanish holatini aniqlash usullari tahlil qilingan. Shuningdek, nutrigenomika, raqamli monitoring tizimlari, mobil sog‘liq ilovalari kabi zamonaviy axborot texnologiyalarining ovqatlanish holatini baholashdagi o‘rni ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijasi sifatida sog‘lom ovqatlanish, kasalliklarning oldini olish va aholi salomatligini yaxshilashda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Published

2025-12-20