NURLANISH TA’SIRIDA ICHAK BAR’YERINING IZDAN CHIQISHI VA BAKTERIYALARNING ICHKI ORGANLARGA TRANSLOKATSIYA MEXANIZMLARI

Authors

  • Jabborova Oysha Iskandarovna Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: ichak bar'yeri, translokatsiya, sepsis, mikrobiota, nurlanish.

Abstract

Annotatsiya. Ichak shilliq qavatining himoya funksiyasi buzilganda, oshqozon-ichak traktida yashovchi mikroorganizmlarning ichakdan tashqari to‘qimalar — mezenterial limfa tugunlari, jigar, taloq, buyrak va hatto qon aylanish tizimiga o‘tib ketishi kuzatiladi. Bu hodisa “bakterial translokatsiya” deb ataladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, nurlanish, ayrim dori vositalari, epigenetik o‘zgarishlar, giperglikemiya, ishemiya, insultdan so‘nggi vegetativ disfunktsiyalar va toksik moddalar ichak epiteliyining butligini buzib, mikrofloraning ichki organlarga o‘tib ketishiga sabab bo‘ladi. Bu esa sepsis, ko‘p a’zoli yetishmovchilik va boshqa og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin.

Published

2025-12-20