ALGEBRAIK TENGLAMALARNI O‘QITISHDA MANTIQIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISHGA YO‘NALTIRILGAN METODIK YONDASHUVLARNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI

Authors

  • ABDIG‘AFFOROV DAVRONBEK ERKIN O‘G‘LI Author
  • MUXTOROV BEHRUZ QUDRATILLO O‘G‘LI Author
  • MINGNIYOZOVA O‘G‘ILSHOD KADIROVNA Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: algebraik tenglamalar, mantiqiy fikrlash, metodik yondashuv, matematik tafakkur, tenglama yechish usullari, tahlil va sintez.

Abstract

         Mazkur maqolada algebraik tenglamalarni o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodik yondashuvlarning nazariy va amaliy asoslari yoritib berilgan. Tadqiqotda algebraik tenglamalar mavzusini o‘zlashtirishda tahlil, taqqoslash, umumlashtirish va mantiqiy xulosa chiqarish kabi fikrlash amallarining ahamiyati asoslab beriladi. Shuningdek, tenglamalarni yechish jarayonida bosqichma-bosqich tahlil, xatolar ustida ishlash hamda masalalarni turli usullarda yechish orqali o‘quvchilarda mustaqil va mantiqiy fikrlashni shakllantirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Maqolada keltirilgan metodik tavsiyalar algebra darslarining samaradorligini oshirishga, o‘quvchilarning matematik savodxonligi va mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Published

2025-12-21