MATEMATIKA FANIDA FORMULALARNI YODLASH EMAS BALKI ULARNING KELIB CHIQISH MANTIQINI TUSHUNTIRISH ORQALI MUSTAHKAM BILIM HOSIL QILISH
Keywords:
Kalit so‘zlar: formulalar, matematik tafakkur, mantiqiy izchillik, mustaqil bilim, analitik fikrlash, algebra va geometriya darslari, o‘qitish metodikasi, amaliy misollar.Abstract
Maqolada matematika fanida formulalarni faqat yodlash emas, balki ularning kelib chiqish mantiqini tushuntirish orqali o‘quvchilarda mustahkam va chuqur bilim hosil qilish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda formulalarni izchil mantiqiy ketma-ketlikda tushuntirish, ularning asosiy tamoyillarini tushuntirish va amaliy misollar bilan bog‘lash orqali o‘quvchilarning matematik tafakkuri, analitik fikrlash va mustaqil yechim qobiliyatini rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, formulalarni yodlashga asoslangan o‘qitish usullarining cheklovlari va ularni kelib chiqish mantiqiga asoslab o‘qitishning samaradorligi ta’kidlangan. Tadqiqot natijalari umumta’lim maktablarida matematika darslarining sifatini oshirishga xizmat qiladi.