YUZNI TANISHGA ASOSLANGAN AUTENTIFIKATSIYA MODULINI YARATISH VA UNI TA’LIM TIZIMIDA QO‘LLASH

Authors

  • Dustova Mehriniso Parmanovna Author
  • Yarashov Shoxrux Tolmas ug’li Author
  • Kubayeva Dinora Izzatulla qizi Author

Keywords:

Face ID, biometrik autentifikatsiya, masofaviy ta’lim platformasi, yuzni tanib olish algoritmlari, kompyuter ko‘rish, sun’iy intellekt, Angular frontend, ASP.NET Core backend, REST API, token, axborot xavfsizligi.

Abstract

Mazkur maqolada masofaviy ta’lim platformasi tarkibiga kiradigan  integratsiya qilinadigan Face ID asosidagi autentifikatsiya modulini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish masalalari tadqiq etilgan. Ilmiy ishda foydalanuvchining biometrik yuz belgilarini aniqlash orqali ta’lim jarayonida shaxsni ishonchli identifikatsiya qilish jarayonidagi muammosiga yechim taklif qilingan. Face ID moduli Angular(JavaScript) texnologiyasi asosida ishlab chiqilgan frontend dasturi va ASP.NET Core(C#) platformasida amalga oshirilgan backend o‘rtasida REST API orqali integratsiyalangan holda ishlaydi. Yuzni aniqlash va tanib olish jarayonlarini kompyuter ko‘rish(Computer Vision) va sun’iy intellekt(Artificial Intellegence) algoritmlariga asoslangan alohida servis orqali bajarilishga mo’ljallangan. Yaratilgan modul autentifikatsiya jarayonida foydalanuvchining shaxsini aniq tasdiqlashni ta’minlab, masofaviy ta’lim tizimiga uchinchi shaxslarning noqonuniy kirish ehtimolini sezilarli darajada kamaytirishga xizmat qiladi.

Published

2025-12-22