UMURTQA POG‘ONASI DISK CHURRASI

Authors

  • IBAYDULLAYEV HOJIMUHAMMAD BILOLDIN OGLI Author
  • ATAQOZIYEVA NIGORAXON BAXTIYOR QIZI Author

Keywords:

KALIT SOZLAR : Umurtqalar aro disk churrasi, umurtqa yadrosi,fibroz parda,umurtqa ostexodrozi,degenrativ-distrofik ozgarishlar,umurtqa pogonasi patalogiyasi,(L-3) va (L-4)- 3 va 4 bel umurtqa pogonasi.

Abstract

ANOTATSIYA : Umurtqalararo disk churrasi - bu umurtqalararo disk yadrosining umurtqa kanaliga bortib chiqishi bolib, fibroz halqaning butunligi buzilishi natijasida yuzaga keladi. Disk churrasini yuzaga kelishini yana bir sababchisi bu umurtqa ostexondrozidir . Etiologiyasi Umurtqa osteoxondrozi polietiologik kasallik. Disk churrasi rivojlanishining asosiy sababchisi ham osteoxondrozdir. Umurtqa pogonasida degenerativ-distrofik ozgarishlarga olib keluvchi har qanday patologik jarayon keyinchalik umurtqalararo diskning oz ornidan siljishiga ham sababchi boladi. Shu bois, disk churrasi alohida kasallik emas, balki umurtqa osteoxondrozi yoki jarohati asorati, deb hisoblanadi. Kundalik faoliyat davomida asosiy yuklama umurtqa pogonasining harakatchan bel qismini yirik umurtqalariga tushadi. Aynan shu sohada kopincha umurtqalararo disk churralari hosil boladi. Disklar shikastlanishga moyil, chunki ular bir tomondan umurtqa pogonasining harakatchanligini taminlash uchun elastik bolishi kerak, boshqa tomondan ular haddan tashqari yuklarga bardosh bera oladigan darajada kuchli bolishi kerak. Diskning tuzilishi, agar mavjud bolsa, zararning xarakterini ham aniqlaydi. Shu bilan birga, bel ogrigi yagona shikoyat bolib qolmasdan, bemorlar oyoq mushaklarining zaifligini, shuningdek, ularda terining sezgirligini buzilishi kuzatilishi mumkin; L3-L4 disk churrasini davolash kopincha jarrohliksiz amalga oshiriladi, ammo agar u oz vaqtida davolanmasa, alomatlar doimiy va kuchli bolsa, jarrohlarning yordamiga murojaat qilishni talab qiladi.

Published

2025-12-22