QUDUQLARNI BURG‘ILASH JARAYONIDA UCHRAYDIGAN ASOSIY MUAMMOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH YO‘LLARI.

Authors

  • Bo‘riyev Sardor Sayfullaevich Author
  • Ibotov Asliddin Ahmad o‘g‘li Author

Abstract

Neft va gaz quduqlarini burg‘ilash jarayonida turli geologik, texnologik va mexanik omillar bilan bog‘liq bo‘lgan murakkab holatlar tez-tez kuzatiladi. Tog‘ jinslarining beqarorligi, eritmalar bilan o‘zaro ta’sir, bosimlarning nomutanosibligi, yoriqlik va g‘ovakliklarning notekis taqsimlanishi jarayonni yanada qiyinlashtiradi. Quduq devorining buzilishi, burg‘ilash eritmalarining yutilishi, qatlam flyuidlarining otilib chiqishi, borilmaning qisilib qolishi kabi holatlar burg‘ilash ishlarining xavfsizligi va samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu maqolada burg‘ilash vaqtida ko‘p uchraydigan geologik–texnologik mushkulotlar tahlil qilinadi va ularni oldini olishga qaratilgan asosiy chora-tadbirlar bayon etiladi.

Published

2025-12-23