TANNARX HISOBIDA ABC (ACTIVITY BASED COSTING)

Authors

  • Mallayev Temurbek Author

Keywords:

Kalit so`zlar : Tannarx, ABC tizimi, Activity Based Costing, boshqaruv hisobi, xarajatlar hisobi, faoliyat turlari, mahsulot tannarxi, resurslar, samaradorlik.

Abstract

Annotatsiya. Ushbu maqolada korxonalarda tannarxni aniqlashda qo‘llaniladigan zamonaviy boshqaruv hisob usullaridan biri bo‘lgan ABC (Activity Based Costing – faoliyatga asoslangan xarajatlarni hisoblash) tizimining nazariy asoslari va amaliy ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot jarayonida ABC usulining mohiyati, uni joriy etish bosqichlari hamda an’anaviy tannarx hisoblash usullaridan farqli jihatlari batafsil tahlil qilingan. Maqolada xarajatlarni mahsulotlarga emas, balki ularni yuzaga keltiruvchi faoliyat turlariga bog‘lash orqali tannarxni yanada aniq hisoblash imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, ABC tizimining resurslardan samarali foydalanish, ortiqcha xarajatlarni aniqlash, mahsulot va xizmatlar rentabelligini baholash hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilishdagi o‘rni yoritilgan. Tadqiqot natijalari ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yurituvchi korxonalar uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, boshqaruv hisobini takomillashtirishga xizmat qiladi.

Published

2025-12-24