ISH BERUVCHINING TASHABBUSIGA KO‘RA MEHNAT SHARTNOMASI BEKOR QILINGANDA XODIMGA ISHDAN BO‘SHATISH NAFAQASI TO‘LASH TARTIBI
Keywords:
Kalit so‘zlar: mehnat munosabatlari, ish beruvchining tashabbusi, mehnat shartnomasini bekor qilish, ishdan bo‘shatish nafaqasi, xodim huquqlari, ijtimoiy himoya, Mehnat kodeksi, ish beruvchining majburiyatlari, mehnat nizolari, huquqiy kafolatlar.Abstract
Annotatsiya. Ushbu maqolada ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lash tartibining huquqiy asoslari va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining tegishli normalari, ushbu sohadagi huquqiy kafolatlar hamda ularni qo‘llash amaliyotida uchrayotgan muammolar o‘rganilgan. Xususan, ishdan bo‘shatish nafaqasining huquqiy mohiyati, uni to‘lash asoslari va miqdorini belgilash tartibi yoritib berilgan. Maqolada ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi mehnat munosabatlarida manfaatlar muvozanatini ta’minlash, xodimlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda mehnat qonunchiligini qo‘llash samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy xulosalar va amaliy takliflar ilgari suriladi.