NUR TERAPIYASINI OLGAN EKSTRAORAL PATOLOGIYALI BEMORLARGA KO‘RSATILADIGAN ORTODONTIK VA ORTOPEDIK YORDAMNI TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
Kalit so‘zlar: reabilitatsiya, onkologiya, yuqori jag‘ nuqsoni, kombinatsiyalangan nuqsonlar, shakllantiruvchi protez, yuz protezlari.Abstract
Jag‘-yuz sohasida keng ko‘lamli onkologik operatsiyalarni boshdan o‘tkazgan bemorlarning hayot sifatini yaxshilash maqsadida bosqichma-bosqich protezlash yondashuvi qo‘llaniladi. Tirik to‘qimalarga maksimal darajada yaqin bo‘lgan materiallarning ishlab chiqilishi so‘nggi o‘n yilliklarda yuz protezlash sohasida sezilarli yutuqlarga sabab bo‘ldi. Bunday materiallar sirasiga siloksanlar kiradi. Markaziy protezlash ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan o‘tkazilgan eksperimental va klinik tadqiqotlar silikon protezlarning biologik inert ekanligini, o‘z shaklini saqlashini, elastikligi va mustahkamligini yo‘qotmasligini ko‘rsatdi. Hozirgi vaqtda tezkor prototiplash va uch o‘lchovli modellashtirish (3D modeling) texnologiyalari ushbu sohaga faol tatbiq etilmoqda.