TABIIY MATOLARDAN TAYYORLANGAN KIYIM DETALLARIDA SHAKL XAJMIY DETALLARNING QO‘LLANILISHIDA POLIMER KOMPOZISIYASINING TADQIQI

Authors

  • M.K.Rasulova Author
  • G.A.Buzrukxanova Author
  • N.M.Artikbayeva Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: ayollar kiyimi, hajmiy shakl, shaklbarqarorlik, tabiiy tolali gazlama, polimer kompozitsiya, qotirma material

Abstract

Annotatsiya. Mazkur maqolada tabiiy tolali to‘qimachilik gazlamalaridan tayyorlangan ayollar kiyimi detallarida hajmiy shakl hosil qilish va shaklbarqarorlikni ta’minlash masalalari yoritilgan. Zamonaviy moda tendensiyalari tahlil qilinib, ayollar kiyimlarida murakkab fazoviy shaklli detallarni yaratishda qo‘llanilayotgan an’anaviy yelimli qotirma materiallarning kamchiliklari ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot jarayonida qotirma materiallar o‘rniga polimer kompozitsiyalaridan foydalanish imkoniyatlari o‘rganilgan. Poliakrilat dispersiyasi asosidagi kompozitsiya bilan ishlov berilgan materiallarning shakl saqlovchanlik xususiyatlari solishtirma tahlil asosida baholanib, ularning yuqori samaradorligi asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari ayollar kiyimi detallarida hajmiy shaklni mustahkamlash va ekspluatatsion barqarorlikni oshirishda polimer kompozitsiyalaridan foydalanish istiqbolli ekanligini ko‘rsatadi.

Published

2025-12-25