KUCH TRANSFORMATORLARINING ISHCHI HOLATINI ISSIQLIK HOLATIDA BAHOLASH

Authors

  • J.T. Uralov Author

Abstract

Mazkur maqolada kuch transformatorlarining texnik holatini baholashda termovizion diagnostika usulining samaradorligi o‘rganildi. Tadqiqot davomida transformatorning tok o‘tkazuvchi qismlari, izolyatorlar va transformator baki yuzalarida harorat taqsimoti termovizor yordamida tahlil qilindi. Olingan natijalar transformatorning ish rejimi me’yorida ekanligini ko‘rsatdi hamda kontakt birikmalarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan potensial nosozliklarni erta aniqlash imkonini berdi.

Published

2025-12-25