BIOMASSA ASOSIDA BIOGAZ ISHLAB CHIQARISH VA UNDAN ELEKTR HAMDA ISSIQLIK ENERGIYASI OLISH IMKONIYATLARI.

Authors

  • Sotiboldiyev Abduraxmon Yuldashevich Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: Biomassa, biogaz, qayta tiklanadigan energiya manbalari, bioyoqilg‘i, metan, fermentatsiya, bioreaktor, energiya samaradorligi, ekologiya.

Abstract

Ushbu maqolada qayta tiklanadigan energiya manbalaridan biri bo‘lgan biomassa asosida biogaz ishlab chiqarish jarayonlari ilmiy-texnik jihatdan tahlil qilingan. Biomassa tushunchasi, uning tarkibi va turlari, shuningdek, biologik chiqindilarni havosiz muhitda fermentatsiyalash orqali biogaz hosil bo‘lish mexanizmi yoritib berilgan. Biogazning tarkibi, energetik qiymati hamda undan issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarishda foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Maqolada biogaz olish qurilmalarining konstruktiv sxemalari, ularning ishlash prinsipi va ekspluatatsiya sharoitlari bayon etilgan. Shuningdek, biogaz texnologiyalarining ekologik va iqtisodiy afzalliklari asoslab berilib, qishloq xo‘jaligi va chorvachilik chiqindilaridan samarali foydalanish orqali energiya mustaqilligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqot natijalari biogaz texnologiyalarini amaliyotga joriy etish istiqbollarini baholash imkonini beradi.

Published

2025-12-25