UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA BIOLOGIYA DARSLARIDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV ORQALI NAZARIY BILIMLARNI AMALIY KO‘NIKMALARGA AYLANTIRISHNING PEDAGOGIK MEXANIZMLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: kompetensiyaviy yondashuv, biologiya ta’limi, nazariy bilim, amaliy ko‘nikma, pedagogik mexanizm, umumta’lim maktabi, funksional savodxonlik, tajriba va kuzatish, loyihaviy faoliyat.Abstract
Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida biologiya fanini o‘qitishda kompetensiyaviy yondashuv asosida nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalarga aylantirishning pedagogik mexanizmlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda biologiya darslarida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini integratsiyalash orqali ularni real hayotiy vaziyatlarda qo‘llay olish qobiliyatini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil etilgan ta’lim jarayoni o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, tajriba o‘tkazish hamda ilmiy xulosalar chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilishi asoslab beriladi. Shuningdek, biologiya darslarida amaliy mashg‘ulotlar, kuzatishlar, tajribalar va loyihaviy faoliyat orqali nazariy bilimlarni mustahkamlashning pedagogik imkoniyatlari yoritib beriladi. Maqola natijalari biologiya fanini o‘qitishda ta’lim samaradorligini oshirish va o‘quvchilarning funksional savodxonligini rivojlantirishga xizmat qiladi.