HAMSHIRALIK ISHI FANI O‘QITUVCHILARINING KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH

Authors

  • Komilova Maftuna Ergash qizi Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: hamshiralik ishi, pedagogik kompetensiya, kasbiy rivojlanish, tibbiy ta’lim, innovatsion texnologiyalar.

Abstract

Annotatsiya:Mazkur ilmiy maqolada hamshiralik ishi fani o‘qituvchilarining kasbiy-pedagogik kompetensiyalarini rivojlantirish masalalari tahlil qilingan. Sog‘liqni saqlash tizimida kadrlar tayyorlash sifati bevosita o‘qituvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalariga bog‘liq bo‘lib, ayniqsa hamshiralik ta’limida zamonaviy yondashuvlar, innovatsion pedagogik texnologiyalar va klinik tajriba muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada kompetensiya tushunchasi, uning turlari, rivojlantirish omillari, zamonaviy ta’lim metodlari hamda o‘qituvchilarning uzluksiz kasbiy rivojlanishi masalalari yoritilgan.

Published

2025-12-26