BOLALAR KIYIMI TIKISH TEXNOLOGIYASI

Authors

  • Arziyeva Muxabbatxon Xamidjanovna Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: bolalar kiyimi, tikish texnologiyasi, konstruktsiyalash, mato tanlash, tikuvchilik, ergonomika.

Abstract

Annotatsiya:Ushbu ilmiy maqolada bolalar kiyimi tikish texnologiyasining nazariy va amaliy asoslari yoritilgan. Bolalar kiyimlari inson salomatligi, qulayligi va estetik talablarga mos bo‘lishi lozimligi sababli ularni ishlab chiqarishda maxsus texnologik yondashuv talab etiladi. Maqolada bolalar kiyimlariga qo‘yiladigan gigiyenik, ergonomik va estetik talablar, mato tanlash xususiyatlari, konstruktsiyalash, bichish va tikish texnologiyasi, shuningdek, ishlab chiqarish jarayonida xavfsizlik va sifat nazorati masalalari tahlil qilingan. Zamonaviy tikuv texnologiyalaridan foydalanish orqali bolalar kiyimlari sifatini oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan.

Published

2025-12-28