ALPOMISH: ASRLAR OSHA YASHAYOTGAN QAHRAMONLIK DOSTONI
Keywords:
Kalit so'zlar: Alpomish, doston, qahramonlik, vatanparvarlik, do‘stlik, sevgi muhhabat, madaniyat merosi.Abstract
Annotatsiya. Alpomish dostoni o‘zbek xalq adabiyotining eng qadimiy va mashhur epik asarlaridan biri bo‘lib, u asrlar davomida xalq xotirasida saqlanib, turli avlodlarga yetib kelgan. Ushbu doston o‘zbek xalqining qahramonlik, jasorat, vatanparvarlik va sadoqat kabi qadriyatlarini aks ettiradi. Alpomish qahramoni orqali xalq o‘zining iymon-e’tiqodi, odobi va ijtimoiy qadriyatlarini yosh avlodga yetkazgan. Doston tarkibida do‘stlik va sevgi, yurtga sadoqat va dushmanlarga qarshi kurash kabi mavzular markaziy o‘rin tutadi. Alpomishning jasorati, mardligi va dono qarorlari o‘quvchida hayrat uyg‘otadi, shuningdek, u jamiyatda ideal inson obrazini shakllantiradi. Asrlar davomida doston og‘zaki ijod shaklida ham, yozma shaklda ham saqlangan bo‘lib, turli xalq adabiyoti tadqiqotchilari tomonidan o‘rganilgan. Shu jihatdan Alpomish nafaqat qahramonlik dostonidir, balki o‘zbek xalqining tarixiy va madaniy merosining muhim qismi sifatida qadrlanadi. U bugungi kunda ham yosh avlod uchun ma’naviy tarbiya manbai, shuningdek, xalqning boy estetik va axloqiy qadriyatlarini o‘rganish imkoniyatini beradi.