BOLALARDA OʻTKIR RESPIRATOR VIRUSLI INFEKSIYALAR (OʻRVI): KLINIK KECHISHI VA PROFILAKTIKASI
Keywords:
Kalit so‘zlar: OʻRVI, bolalar, respirator infeksiyalar, klinik kechish, profilaktika, emlash, immunitet, asoratlarAbstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada bolalarda oʻtkir respirator virusli infeksiyalar (OʻRVI)ning klinik kechishi va profilaktikasi tahlil qilinadi. OʻRVI bolalar orasida eng ko‘p uchraydigan kasalliklardan biri bo‘lib, respirator yo‘llarning yuqori va pastki qismlarini zararlashi mumkin. Kasallik tez tarqalishi, ko‘p turli viruslar sabab bo‘lishi va immun tizimining yoshga qarab sezuvchanligi bilan ajralib turadi. Maqolada OʻRVI klinik belgilarining og‘irlik darajasi, kasallik davomiyligi, asoratlar va bemorlarni tashxislashdagi muhim jihatlar yoritiladi. Shuningdek, profilaktika choralariga emlash, gigiena qoidalariga rioya qilish, ovqatlanish va immunitetni mustahkamlash masalalari ham ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, profilaktik choralarni samarali amalga oshirish bolalarda OʻRVI tarqalishini kamaytirish va kasallik oqibatlarini yengillashtirishda muhim rol o‘ynaydi.